Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IHT: Sammit ishbilarmonlarni o‘zaro hamkorlik va muloqotga chorlamoqda (+video)
11:56 / 2023-11-09

O‘zbekistonda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bugun Toshkent shahrida ushbu tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari va ishbilarmonlari yana bir siyosiy va iqtisodiy sammit ishtirokchilariga aylanayotgani yanada ahamiyatlidir.

Ta’kidlash kerakki, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti o‘tkazilishi ham bevosita mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shafforlik siyosati bilan bog‘liqdir.  

“Birgalikdagi iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu sammitda Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmanistonning davlat va hukumat rahbarlari, avvalo, tinchlik va barqarorlikni, iqtisodiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali o‘z xalqlarining farovon hayotini ta’minlashdek ulkan va ezgu maqsadlar bilan ishtirok etmoqda.  

Sammit doirasida o‘tkazilgan biznes-forumning turkiyalik ishtirokchisi Aziza Rajabova ham O‘zbekiston vakillari bilan hamkorlik o‘rnatganidan mamnun ekanini bildirdi:  

–O‘tkazilgan forum ishtirokchilarni hamkorlikka undaydi. Biz ichimlik, daryo suvlarini, biologik paketlarni tozalash loyihalarini amalga oshiramiz. Bu borada O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilishdan g‘urur tuyamiz.    

Ta’kidlash kerakki, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Pokiston davlatlari bizning asosiy hamkorlarimiz hisoblanadi. Bu yil esa O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik.  

Biz forumda nafaqat o‘zbekistonlik, balki sammitning barcha ishtirokchilari bilan muloqot qildik. Ularning imkoniyatlarini o‘rganib, o‘zimizning maqsadimiz va loyihalarimiz haqida so‘zlab berdik.  

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘n oltinchi sammitining tashkil etilishi va  uning doirasida ishbilarmonlarni bir maqsadga birlashtirish va muloqot maydonini yaratib bergan tashkilotchilarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Z_ySvCmPX9E" title="ИҲТ: Саммит ишбилармонларни ўзаро ҳамкорлик ва мулоқотга чорламоқда" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA