Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IHT Axborot agentliklari rahbarlari Jiddada uchrashadi
10:46 / 2026-02-24

Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) Jahon Islom uyushmasi (MWL) bilan hamkorlikda joriy yil 25-fevral (hijriy hisobda 1447-yil Ramazon oyi 8-sanasi) kuni Saudiya Arabistoni Jidda shahrida “Ro‘za oyi uchrashuvi” tadbirini tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur anjumanda Jahon Islom uyushmasi bosh kotibi shayx Muhammad bin Abdulkarim al-Isa, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, IHT Axborot agentliklari ittifoqi bosh direktori Muhammad bin Abdurabbu al-Yomiy, shuningdek qator davlatlar axborot vazirlari, IHTga a’zo mamlakatlar milliy axborot agentliklari rahbarlari hamda xalqaro media tashkilotlar vakillari ishtiroki rejalashtirilgan.

Tadbir dasturiga ko‘ra, maxsus ko‘rgazma bilan tanishish, UNA-OIC va MWL faoliyati haqida videorolik namoyishi, “Makka al-Mukarrama hujjati” kitobi taqdimoti va Falastin axborot agentligi (WAFA)ga Media mukofotini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

O‘zA