Mamlakatimiz mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha "CAFA Nations Cup" turnirining "A" guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida o‘tgan Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘mon termalari bahsi 1:2 hisobida yakunlandi.
[gallery-25141]
O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari esa “Olimpiya” stadionida ikkinch tur uchrashuvlarida raqobatlashdi. Uchrashuvning 35 va 44-daqiqalarida Igor Sergeyev gol urib, jamoamizni 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa turkmanistonlik Didar Durdiyev penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni biroz qisqartirdi. Shu tariqa, mazkur uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. O‘yin yakunida Igor Sergeyev uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Natijada O‘zbekiston va O‘mon terma jamoalari "A" guruhida 6 ochko jamg‘arib, 1-2 pog‘onalarni band etgan bo‘lsa, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasi termalari 1 ochko bilan keyingi o‘rinlardan joy oldi.
Endi 5 sentbyar kuni "CAFA Nations Cup" turnirining 3-turida O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi, O‘mon – Turmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga guvoh bo‘lamiz. Darvoqe, Tojikistonda o‘tayotgan "B" guruhidagi so‘nggi tur doirasida 4 sentyabr kuni Tojikiston – Eron va Hindiston – Afg‘oniston termalari o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA