Igor Sergeyev – Superligada yil futbolchisi
"Paxtakor" futbolchisi Igor Sergeyev O‘zPFL ekspertlari talqini bo‘yicha Superligada rasman yil futbolchisi deb topildi.
Ushbu yo‘nalishda Igor Sergeyevdan tashqari yil futbolchisi nomiga “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosi Lyupche Doriyev (16 gol, 9 assist) hamda “Neftchi” vakili Jamshid Iskanderov (7 gol va 10 assist) da’vogarlik qilgan edi.
O‘zPFL ekspertlari Igor Sergeyevni yil futbolchisi deb topishiga uning joriy yilgi mavsumda namoyish etgan yorqin o‘yinlari bo‘ldi.
Jumladan, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Superligada 20, O‘zbekiston Kubogida 5 ta gol muallifiga aylandi va jamoasining 14-kubokni qo‘lga kiritishiga katta hissasini qo‘shdi. Shuningdek, Igor Superligada to‘purar bo‘ldi va ramziy jamoa safidan o‘rin oldi. U "Paxtakor"ning ko‘plab futbolchilari qatorida milliy termamizning jahon chempionatiga yo‘l olishiga yordam berdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA