O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini "Persepolis" safida davom ettiradi.
Futbolchimiz fors klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi va 19-raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi. U Sherzod Temirov, Aleksandr Lobanov va Oston O‘runovdan keyin "Persepolis" safiga kelib qo‘shilgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: Igor Sergeyev Tailandning "Patxum Yunayted" jamoasidan "Paxtakor" safiga kelib qo‘shildi. 38 ta bellashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi.
O‘zPFL ekspertlari talqini bo‘yicha Superligada rasman yil futbolchisi deb topildi. Igor Sergeyevning yil futbolchisiga aylanishida joriy yilgi mavsumda namoyish etgan yorqin o‘yinlari sabab bo‘ldi.
Jumladan, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Superligada 20, O‘zbekiston kubogida 5 ta gol muallifiga aylandi va jamoasining 14-kubokni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
Shuningdek, Igor Superligada to‘purar bo‘ldi va ramziy jamoa safidan o‘rin oldi. U "Paxtakor"ning ko‘plab futbolchilari qatorida milliy termamizning jahon chempionatiga yo‘l olishiga yordam berdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA