Igor Myalin suvga sakrashda yana g‘olib
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Igor Myalin musobaqaning so‘nggi kunida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimiz 3 metr balandlikdagi tramplindan sakrash musobaqasida eng yuqori natija ko‘rsatdi va shohsupa to‘ridan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, Igor musobaqaning juftlik bahslarida Vyacheslav Kachanov bilan tandem hosil qilib, 3 metr balandlikdan sakrash bahslarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA