Igitov Jurabek Kuzibekovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Korporativ qimmatli qog‘ozlar asosida sanoat korxonalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida
Igitov Jurabek Kuzibekovichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Korporativ qimmatli qog‘ozlar asosida sanoat korxonalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/08.05.2025.I.133.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 25 iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100121, Toshkent shahri, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy.
Tel/faks: (99878) 129-40-40
e-mail: info@kiut.uz