English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IESlarda baxtsiz hodisalarni oldini olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
21:40 / 2025-12-12

Zamonaviy energetika tizimida ish jarayonlarining xavf darajasi yuqori bo‘lgani sababli, mehnat muhofazasi sohasidagi har bir amaliyot strategik ahamiyatga ega. Issiqlik elektr stansiyalari kabi yirik energiya ishlab chiqarish ob’ektlarida xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning zamonaviy talablar asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirish sohada barqaror va uzluksiz ishlab chiqarishni kafolatlaydi.

Shu bois, mamlakatimizda energetika tarmog‘ida mehnat muhofazasini yanada kuchaytirish, jamoatchi vakillarning faol roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.

Issiqlik elektr stansiyalari tizimi korxonalarida jamoatchi mehnat muhofazasi vakillari uchun videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan maxsus o‘quv seminarida shu haqda so‘z bordi.

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda soha vakillari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, har bir korxonada xavf-xatarlarni aniq baholash va ularning oldini olish bo‘yicha kompleks yondashuvni joriy etish baxtsiz hodisalar sonini keskin kamaytirishga xizmat qiladi. Shu sababli, seminar davomida mehnat muhofazasi sohasidagi amaldagi talablar, xavfsiz ish muhitini ta’minlash mexanizmlari, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, texnologik jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldindan baholash va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha tahlil etildi. 

Shuningdek, ishtirokchilarga ish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari, ularni kamaytirish strategiyalari va profilaktika tadbirlari batafsil tushuntirildi. Bu jarayonda ishchilarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, ularni qoidalarga ongli ravishda amal qilishga o‘rgatish, xavfsizlik madaniyatini jamoa darajasida shakllantirish muhim vazifalardan ekani qayd etildi.

Unda jamoatchi mehnat muhofazasi vakillarining huquq va majburiyatlari, ularning jamoadagi roli, xodimlar o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etishdagi ishtiroki ham ham aytib o‘tildi. Bu esa ularning amaliy faoliyatini yaxshilash, ish jarayonidagi nazoratni yanada kuchaytirish imkonini yaratadi.

Ishtirokchilari fikriga ko‘ra, o‘quv seminari nazariy bilimni mustahkamlash bilan birga, amaliy tajriba almashish va texnologik jarayonlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zamonaviy usullarni o‘zlashtirish imkonini berdi. Unda qo‘llanilgan interaktiv usullar, videota’lim materiallari va mutaxassislar tomonidan berilgan amaliy tavsiyalar xodimlarning malakasini oshirishga xizmat qildi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA