Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ien” to‘fonidan zarar ko‘rgan hududlardan 500 kishi qutqarildi
15:20 / 2022-09-30

“Anadolu” axborot agentligi xabariga ko‘ra, “Ien” to‘foni AQSHning Florida shtatiga halokatli bo‘ron to‘lqinlari, shamollar va toshqinlarni olib kelishda davom etmoqda.

Florida Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Sharlotte va Li okruglarida 500 dan ortiq odam politsiya va harbiylar tomonidan qutqarilib, xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. 

Florida gubernatori Ron DeSantis Sanibel oroliga chiqishni ta’minlovchi ko‘prik qulaganini e’lon qildi. 
DeSantis falokatni misli ko‘rilmagan, deb atadi. Zarar darajasini tasvirlash uchun Injildan ofat haqidagi parchalarni keltirdi. 


Okrug sherifi Li Karmin Marsenoning aytishicha, dovul yetkazgan zarar darajasini vertolyotda falokat hududlari ustidan uchib o‘tish orqali ko‘rish va tushunish osonroq bo‘ladi. Ayniqsa, Fort-Mayers qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan voqealarni tasvirlash juda ayanchli. 
Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Yuzlab qayiqlarni to‘lqin qirg‘oqqa olib tashladi, ba’zi joylarda shamol esadi. Botqoqli hududda alligatorlar yo‘llarga chiqishdi. Qulab tushgan ustunlar tufayli yo‘llardagi elektr simlari xafli holatga kelib qolgan. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti aholini o‘nlab davlat oqova suv tozalash inshootlarini suv bosganini, suv toshqinlari orqali bakteriyalar va boshqa patogenlar tarqalishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. 
Tabiiy ofat natijasida Floridada 2 millionga yaqin iste’molchi hali ham elektr energiyasidan foydalana olmayapti. 
 
O‘zA