Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ID-karta bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi (+video)
18:30 / 2023-08-30

"Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 martdan quyidagi xizmatlar YAIDXP orqali elektron shaklda ko‘rsatila boshlagan:

- O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;  

- chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;  

- sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;  

- avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;  

- jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

Haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi. Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:  

*yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;  

*transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;  

*transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.

Batafsil:  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kw-eryRJFkg" title="ID-karta bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

"Huquqiy ekspert" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting va o‘z haq-huquqlaringiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.      

M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA