Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki valyuta bozorida so‘m mustahkamlandi
13:50 / 2025-12-13

Markaziy bank tomonidan Ichki valyuta bozori bo‘yicha sharh e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston ichki valyuta bozorida muhim tendensiya kuzatildi. Milliy valyuta so‘m dollarga nisbatan barqarorlashib, mustaxkamlanish fazasiga o‘tdi. Bu iqtisodiy jarayon mamlakat moliya tizimida ishonchni oshirish bilan birga, tashqi savdo va iqtisodiy faollikning yaxshilanishini ham ko‘rsatmoqda.

2025 yil boshidan buyon so‘m dollarga nisbatan taxminan 7,5 foizga mustaxkamlandi. Shu davrda valyuta bozori talab va taklif bo‘yicha quyidagi o‘sishlarni ko‘rsatdi. Chet el valyutasiga bo‘lgan talab 24 foizga oshdi. Valyuta taklifi esa 26 foizga o‘sdi.

Yuridik shaxslarning valyutaga bo‘lgan talab va taklifi mos ravishda 24 foiz va 35 foizga oshgani bozorning barqarorligini ta’minlashga yordam berdi.

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida eksport tushumlari (oltinsiz) 16 milliard dollarga yetdi, shuningdek 8,9 milliard dollar ichki valyuta bozorida sotildi. Bu ichki bozorga sezilarli qo‘shimcha valyuta manbai yaratdi.

Aholi tomonidan banklarga sotilgan va chegara orqali kiritilgan chet el valyutasi ham so‘mga bo‘lgan ishonchni oshirdi.

So‘mning barqarorligi ichki bozorda narxlar inflyatsiyasini pasaytirishga yordam berdi, iste’mol narxlarini nazorat qilishni kuchaytirdi.

Barqaror so‘m ichki va xalqaro sarf-xarajatlarda ishonchni oshirdi, bu esa investorlar uchun qulay muhit yaratadi. Barqaror so‘m import xarajatlarini yengillashtirib, iqtisodiyotni tashqi shoklardan himoya qilish imkonini beradi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA