Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki va tashqi turizm yanada rivojlanadi
13:39 / 2022-09-24

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 19 sentyabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sohada mavjud kamchiliklar aytilib, ularni yechish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Ma’lumki, yurtimiz buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bo‘lib, turizm rivojida yetakchi o‘rinda turadi. bugungi kunda xorijiy sayyohlarning yurtimizga qiziqishi yuqori darajada bo‘lib, o‘z o‘rnida turizmning muhim yo‘nalishi ziyorat turizmi, etno turizm sohalarini yanada rivojlantirishni talab etadi. 

Yig‘ilishda qayd etilganidek, turizm drayver sohalardan biri sifatida belgilanib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Sayyohlarga viza berish yengillashtirildi. Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo‘laklar qilindi. Valyuta ayirboshlash bemalol bo‘ldi. Turizm korxonalari uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig‘i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi. Mehmon o‘rinlari soni 2017 yilga nisbatan 3 barobar ko‘payib, 125 mingtaga yetdi. Mehmonlar elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

Bu yil turizm pandemiyadan keyin qayta tiklanyapti. Sentyabrgacha yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi. Yil boshidan buyon turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi. Birgina viloyatimiz misolida oladigan bo‘lsak, tashrif buyurgan sayyohlar soni joriy yilning 1 sentyabr holatida 2 million 313 mingtani tashkil etmoqda. Shundan xorijiy turistlar 363 ming nafarni, mahalliy sayyohlar esa 1 million 949 ming nafarni tashkil etmoqda. 2022 yilning o‘tgan olti oyi davomida turizm viloyatimiz byudjetiga 763 milliard so‘m daromad keltirgan. 
Yig‘ilishda shuningdek, turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo‘liga ish haqi bo‘lib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish o‘rni turdosh tarmoqlarda qo‘shimcha ikkita ish o‘rni paydo bo‘lishiga turtki berishi lozimligi aytib o‘tildi. Shu ma’noda ta’kidlash o‘rinli turizm iqtisodiyot rivoji, mamlakat  taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq jarayon bo‘lib, birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlashda, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Shuningdek, yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yil 26 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilish ijrosi tahlil qilindi. Viloyatlarda sayyohlar boradigan joylar kamligi, mablag‘lar hali tadbirkorlarga yetib bormagani ko‘rsatib o‘tildi. 

Bundan tashqari, mamlakatimiz shaharlari o‘rtasida poyezd va samolyot qatnovlarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlangani, ichki turizm rivoji va buning uchun belgilangan keng imkoniyatlar mahalliy sayyohlar sonining ko‘payishi va tarixiy ulug‘vorlikni o‘zida aks ettirgan obidalarimizga bo‘lgan yuksak ehtiromning ortishi va boy madaniy merosimizni asrab-avaylashga bo‘lgan e’tiborning ortishida ham muhim o‘rin tutadi. 

Ta’kidlash joiz, davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda va viloyatda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat soha vakillaridan balki, har birimizdan faollik va tashabbuskorlik talab etadi. 


Salomat Luqmonova, 
Buxoro davlat universiteti  
pedagogik ta’lim fakulteti  
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi 
O‘zA