Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki va atrofimizdagi bozorlarda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi
17:11 / 2022-09-26

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda tarmoqda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor.

Bundan tashqari, ichki va atrofimizdagi bozorlarda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi.

Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xomashyo zaxirasi mavjud.

Bu borada hududlarda barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Lekin, hudud rahbarlari bu imkoniyatlarni hisob-kitob qilib, foydalanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda qolgan hududlarga nisbatan 2-3 baravar past (200 milliard so‘mga yetmaydi).

bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zA