Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida
10:10 / 2024-04-02

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahrida ichki turizm yarmarkasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi turistik firma rahbarlari, turoperatorlar turizm sohasidagi servis yo‘nalishlarga daxldor tadbirkorlik subyektlari vakillari va talabalar ishtirok etdi.  

Tadbirda hudud turizm salohiyati, xususan, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida shahar va tumanlarda yaratilayotgan sharoitlar, sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar e’tirof etildi.  

[gallery-16717]

– Kompaniyamiz 2018-yilda tashkil etilgan, - deydi Farg‘ona shahridagi “Dilrabo travel” sayyohlik kompaniyasi rahbari S. Husanboyev. – Kompaniyamiz bugungi kunda aholiga O‘zbekiston, Qirg‘iziston  va Tojikiston hududlarida turistik xizmat faoliyatini olib bormoqda. Bugun birinchi marta tashkil etilgan ichki turizm yarmarkasiga  o‘z takliflarimiz bilan kelganmiz, albatta.

Yarmarka doirasidagi ko‘rgazmada hududlarda faoliyat olib borayotgan mohir hunarmandlar ham to‘quvchilik, tikuvchilik va qo‘l mehnati doir mahsulotlarini namoyish qildilar. Ishtirokchilar turoperatorlar tomonidan tashkil etiladigan sayohat manzillari haqida xabardor bo‘ldilar.  

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA