Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki muvozanat – psixologlar faoliyatida muhim omil
17:13 / 2025-11-19

FOTOREPORTAJ

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun yo‘lga qo‘yilgan “Muvozanat” psixologik trening dasturi ikki kun davomida pedagoglar ruhiy holatini mustahkamlash, professional charchashni kamaytirish va emotsional barqarorlikni oshirishga xizmat qildi. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tashkil etilgan tadbirda 204 nafar psixolog hamda mutaxassis ishtirok etdi.  

– Ikki kunlik trening pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, - deydi Surxondaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov. – Dastur davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining emotsional salomatligini tiklash, professional va hissiy charchashining oldini olish, jamoada ekologik va do‘stona muhit yaratish, pedagoglarni amaliy texnikalar, o‘z-o‘zini boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga o‘rgatish, emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish, ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlik holatlarining oldini olish kabi psixologik metodlar o‘zlashtirildi.

[gallery-26326]

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich  o‘tkazilayotgan treninglar davomida mutaxassislar amaliy mashqlar, interaktiv mashg‘ulotlar va ma’ruza modullari orqali tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA