English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki muvozanat — psixologlar faoliyatida muhim omil
08:39 / 2025-11-04

Xorazmda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treninglari bo‘lib o‘tdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari ishtirok etdi.  

Treninglardan ko‘zlangan maqsad  pedagoglarning ichki muvozanatini saqlash, professional salomatligini mustahkamlash va bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishga ko‘maklashishdir.

– Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikki kunlik trening dasturi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining emotsional salomatligini tiklash, professional va hissiy charchashning oldini olish, jamoada ekologik va do‘stona muhit yaratish, pedagoglarni amaliy texnikalar, o‘z-o‘zini boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga o‘rgatish, emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish, ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlik holatlarining oldini olish kabi psixologik metodlar o‘zlashtirildi, — deydi Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Iroda Yakubova. – Ushbu metodlarni yanada mustahkamlash maqsadida amaliy mashqlar ham bajaradilar.  

[gallery-26059]

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich  o‘tkazilayotgan treninglar davomida mutaxassislar amaliy mashqlar, interaktiv mashg‘ulotlar va ma’ruza modullari orqali tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari