Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi (+video)
15:53 / 2024-05-13

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslarida tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin tinglovchilarning bitiruv tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik, Bektemir tumani hokimiyati, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, Institut boshlig‘i, o‘rinbosarlari, kafedra, sikl, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Ichki ishlar organlari salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga institutdagi o‘quv jarayonlarida alohida e’tibor qaratilganligini e’tirof etdilar.  

Tadbirda o‘quv dasturlar talablarini to‘liq o‘zlashtirgan yakuniy sinov-imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.    

O‘quv kursi davomida o‘zining kasbiy, bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani va namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/iwEuj7hFLeY?si=Ewv0NsP1ugU12HK0" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, Bektemir tumanidagi yoshlar, o‘smirlar va 290-293- son umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari institutdagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishish barobarida tantanali tadbirda ishtirok etishdi.

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA