Ichki ishlar vazirligi jamoasi g‘olib
Joriy yilning 16-18 avgust kunlari “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining birinchiligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda jami 21 ta jamoa ishtirok etib, qizg‘in va bahslarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terma jamoasi, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligining 7261-sonli harbiy qism jamoasiga nasib etdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA