Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
10:11 / 2025-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorning asosiy maqsadi: 

a) davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, ta’lim muassasalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini zamonaviy usullar hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari orqali qo‘riqlash tizimini yo‘lga qo‘yish; 

b) ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalardagi huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlaridagi vazifalari bilan uzviy ravishda yagona yondashuvda amalga oshirish uchun samarali mexanizmlarni joriy etishdan iborat.

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti va uning bo‘limlari zimmasiga "Sifat, ishonch, xavfsizlik" tamoyiliga muvofiq quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi: 

a) shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, ta’lim muassasalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish ob’ektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash; 

b) jamoat joylarida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish, yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘riqlash-patrullik xizmatlarini ko‘rsatish; 

v) qo‘riqlanayotgan ob’ektlarda ichki tartib va nazorat-o‘tkazish rejimlarini ta’minlash, shuningdek, ularda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatlar sodir etilishiga chek qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish; 

g) jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlariga har tomonlama ko‘maklashish; 

d) qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni yuritish, qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish. 

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti to‘g‘risidagi nizom  tasdiqlandi. 

Departament Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarmoq bo‘linmalarining, Ichki ishlar vazirligi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari mintaqaviy o‘quv markazlarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

O‘zA