Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar vazirligi “Agromir Bilding” korxonasi atrofidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
10:24 / 2019-11-10

Maʼlumotlarga qaraganda, qurilish ishlariga 1800 dan koʻp Oʻzbekiston Respublikasi hamda 200 nafardan ortiq Turkiya davlati fuqarolari jalb etilgan.


Bir muddat avval IIV axborot xizmati tomonidan joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” korxonasi tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan ishchilar oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi haqida maʼlumot berilgan edi. Unda fuqarolardan, mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov yakuniga koʻra toʻliq axborot berilishiga qadar, ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan video tasvirlarga nomaqbul izohlar berishlaridan oʻzlarini tiyishlarini soʻralgan. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarga nisbatan rasmiy munosabatini eʼlon qildi.

“Afsuski ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, boʻlib oʻtgan voqeani boʻrttirib koʻrsatish, mamlakatimiz fuqarolarini millatchilikda ayblash hamda oʻzbek-turk munosabatlariga sovuqchilik tushirish maqsadida, boʻlib oʻtgan hodisaga goʻyoki “Turk ishchilari oshxonada ishlaydigan mahalliy aëlni zoʻrlaganligi oqibatida” yoki “Janjal mahalliy ishchilarning oʻzlari va turklarga ayni ish uchun berilaëtgan oyligidagi katta farqidan kelib chiqqan” degan vajlarni keltirish holatlari kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, voqeadan bexabar ayrim fuqarolarimiz, ushbu vajlarga berilib, salbiy izohlarni tarqalishiga sababchi boʻlmoqdalar.

2019-yilning 6-noyabr kuni Samarqand shahar, Qora suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan, Turkiya davlati fuqarolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasidagi kelishmovchilik oqibatida, oʻzaro tan jarohatlari yetkazilgan.

“Surishtiruv jarayonida, mazkur janjal 1996-yilda tugʻilgan Payariq tumani “Toxirshayx” mahallasida yashovchi, yakka tartibda mavsumiy mehnat bilan shugʻullanuvchi oʻzbek fuqarosi S.P. “Agromir Bilding” MCHJ tomonidan yollangan quruvchi-montajchi bir nechta turk fuqarolari bilan olovda isinish bahonasidan kelib chiqqanligi, shundan soʻng nizo avjiga chiqib, yuzaga kelgan janjalga qurilishga yollangan boshqa Oʻzbekiston fuqarolari aralashgan va bir birlariga tan jarohatlari yetkazilganligi aniqlandi“, deya qayd etilgan xabarda.

Maʼlumotlarga qaraganda, qurilish ishlariga 1800 dan koʻp Oʻzbekiston Respublikasi hamda 200 nafardan ortiq Turkiya davlati fuqarolari jalb etilgan.

Ushbu holat natijasida Turkiya davlati fuqarolaridan toʻrt nafari va mahalliy fuqarolardan bir nafari yengil tan jarohati olishgan.

Surishtiruv jarayonida shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Turkiya fuqarolaridan 4 nafari jabrlanuvchi, 11 nafari janjalda ishtirok etgan faol guvoh tariqasida ushbu jinoyat ishiga jalb etilgan.

Shuningdek, 7 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jabrlanganligi, jinoyat ishidagi ishtirokchilik va ayblilik darajasiga tergov harakatlari davomida toʻliq aniqlik kiritiladi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati mutasaddi xodimlari tomonidan ishchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilgan, deyiladi IIV Axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan munosabatda.