English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar vaziridan ishga tiklashda yordam so‘rashdi
18:35 / 2023-05-26

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovga turli sabablar bilan tizimdan ishdan bo‘shatilgan sobiq xodimlar, ularning oila a’zolari murojaat qilib, ishga tiklashda yordam so‘radi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi A.Muqimov va H.Muqimovaning masalasi ham shu haqda edi. Ular ikki yil profilaktika inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan o‘g‘lining o‘tgan yil nohaq ishdan bo‘shatilganini bildirib, uni ishga tiklashda vazirdan ko‘mak so‘rashdi. 

P.Bobojonov murojaatchilarni eshitib, masalani o‘rganib chiqqan holda xulosa berilishini bildirdi. Qabul davomida ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turadigan bir guruh fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab daromad topish mumkin bo‘lgan maishiy texnika va boshqa vositalar berildi. Shuningdek, fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ID-kartalar topshirildi. Oliy sud raisi, Respublika Bosh prokurorining qabullarida ham nafaqat Samarqand viloyati, balki yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolar sud-huquq sohasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildi.  

G‘.HASANOV, O‘zA.