Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar vaziri tungi vaqtda tashkil etilayotgan xizmatlar faoliyatini o‘rgandi
10:59 / 2025-11-06

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poytaxtning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan xizmatlar faoliyati o‘rganildi.

Aholi turarjoylari, savdo ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Toshkent shahar hokimiyatida tashkil etilgan poytaxt hududida siyosiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, hududni chiqindilardan tozalash va sanitar ozodalikni ta’minlash bo‘yicha tuzilgan “ishchi guruh” faoliyati bilan tanishildi.

Tadbir davomida Chilonzor tumanidagi kriminogen vaziyati og‘ir hisoblangan Dilobod mahallasida jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan tashkil etilgan ishlar bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.  

“Raqamli xavfsiz Chilonzor“ platformasining taqdimoti bilan tanishildi. Jarayonda hududda ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xavfsiz muhit yaratish hamda aholining dolzarb muammolarini hal etish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanning Beshchinor mahallasida joylashgan 336-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, issiqlik va elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlanganligi hamda avariyaviy yoki boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish va bartaraf etish choralari o‘rganildi.

Katta Qozirobod mahallasida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tomonidan aholiga sifatli va favqulodda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Muassasa binosining issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanishi, shuningdek, turli nosozliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Uchtepa tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida Guzar mahallasida joylashgan “Scopus Mall” zamonaviy ko‘ngilochar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasida aholiga xizmat ko‘rsatish sharoitlari, maskanda xizmatni tashkil etish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash holati bilan tanishildi.

Tadbir jarayonida tuman hududiga xizmat ko‘rsatuvchi “Toshkent issiqlik markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati 5-sonli issiqlik markazi faoliyati bilan tanishish jarayonida ijtimoiy soha ob’ektlarini va aholi turarjoylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, aholiga xizmat ko‘rsatish ahvoli o‘rganildi hamda mas’ullarga bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“Shirin” mahallasida joylashgan “Uchtepa-shirin” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi turarjoylarining texnik holatini nazorat qilish va mulkdorlarga sifatli servis va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlar o‘rganildi.

Mazkur tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA