“Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida vazirlik tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
[gallery-25870]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyulida qabul qilingan “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi turnirda ayollar va erkaklardan iborat 20 ga yaqin jamoa ishtirok etmoqda.
«Ichki ishlar vaziri kubogi»ning g‘olib va sovrindorlari ertaga, 24 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA