Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar organlarining eng yaxshi ma’naviyatchilari aniqlandi
12:41 / 2025-08-23

Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilgan tanlovda viloyat ichki ishlar boshqarmasining ayrim sohaviy xizmat va tuman, shahar IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Osayishtalik posbonlarining sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘rik-tanlov qatnashchilari sohada amalga oshirgan ishlari, test va savollar, og‘zaki suhbat, jismoniy va jangovor tayyorgarlik darajasi bo‘yicha o‘z mahorat va bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Tanlov yakunida Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Jasur Hazratqulov faxrli birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin Viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni komandirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Otabek Narqobilovga nasib etdi. Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Abror Sohibov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

G‘olib va sovrindorlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri