Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun 2 ming AQSH dollari olgan shaxs qo‘lga tushdi
18:12 / 2021-03-19

Fuqaro Sh.L. (ayol) Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, unda fuqaro X.Sh, B.U. ismli tanishini 2000 AQSH dollari evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishi mumkinligini aytib, oldindan 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilgan va fuqaro X.Sh. ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida X.Sh. Sh.L.dan Farg‘ona shahri hududida kelishilgan pullardan 200 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborildi.

M.Sulaymonov, O‘zA