Otabek Murot o‘g‘li BOYNAZAROV o‘qituvchi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Toshkent, Oʻzbekiston boynazarovotabek0712@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada ichki ishlar organlari xodimlarini o‘qitish jarayonini zamonaviy talablar asosida avtomatlashtirish va intellektual yechimlarni joriy etish zarurligi ko‘rib chiqiladi. O‘quv tizimlaridagi mavjud kamchiliklar, masalan, individual o‘qitish, interaktiv aloqalar va bilimlarni obyektiv baholashdagi qiyinchiliklar muhokama qilinadi. O‘quv jarayonini samarali boshqarish va resurslarni optimallashtirish uchun matematik modellar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish taklif etiladi. Bu o‘zgarishlar o‘quv tizimlarini yanada samarali va zamonaviy qilish uchun muhim ilmiy asoslarni yaratishi izohlanadi.
Tayanch so‘zlar: intellektual tizimlar, automatlashtirish tizimlari, ta’lim tizimlarini optimallashtirish, maqsad funksiyasi, chiziqli dasturlash masalalari, ressurslarni boshqarish, o‘quv tizimlari.