Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar organlari — inson huquq va manfaatlari himoyachisi (+video)
11:48 / 2025-12-10

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, podpolkovnik Xurshidjon Xasanovich Ro‘ziyev hamda iste’fodagi general-mayor Toxir Oxunovich Mullajonov ishtirokida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari uchun “Ichki ishlar organlari – inson huquq va manfaatlari himoyachisi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, barcha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, shahar va tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari lavozimlariga tayinlanish uchun tashkil etilgan o‘quv yig‘inlarida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etdi.

Tadbirda, avvalo, ichki ishlar organlari xodimlarining kasb etikasi, mas’uliyati va shaxsiy tartib-intizomi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Inson huquqlarini ta’minlash – har bir xodimning kundalik faoliyatida ustuvor vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, xizmatda uchrashi mumkin bo‘lgan murakkab vaziyatlarni qonuniy va halol yo‘l bilan xal qilishning muhim jihatlari haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini yuksak darajada himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning har bir murojaatini adolatli va xolis ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirishga qaratilgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Davra suhbati davomida tinglovchilar tomonidan ichki ishlar organlaridagi zamonaviy islohotlar, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan ishlashning yangi mexanizmlari, ichki nazorat va qonuniylikni ta’minlashga oid bir qator savollar berildi. Barcha savollarga batafsil, hayotiy misollar bilan boyitilgan javoblar taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlashicha, bu kabi uchrashuvlar tinglovchilarning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, mutaxassis sifatida o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarning mas’uliyatini to‘la anglab olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida tinglovchilar IIV rahbariyati va faxriyga samimiy minnatdorlik bildirib, insoniyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi soha xodimi sifatida doimo mas’uliyatli bo‘lishlari, qonunlarga qat’iy amal qilishlari va xizmat burchini sidqidildan ado etishlarini ta’kidlab o‘tildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5bXN1tMOCj0?si=74Wky9fmUUNu_wvT" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA