English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar akademiyasi: islohotlarning yangi bosqichi
14:12 / 2019-08-23

Sir emaski, bugun jahonda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar barcha sohalar qatori,ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilishni, soha uchun har tomonlama professional kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda.


Sir emaski, bugun jahonda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar barcha sohalar qatori,ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilishni, soha uchun har tomonlama professional kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu ma’noda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 29 iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga tashrifi ham, tom ma’noda, tarixiy voqea bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur tashrif davomida o‘quv dargohining nufuzi va maqomini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, bir so‘z bilan aytganda, Akademiyani butunlay yangi o‘quv muassasasiga aylantirish ustuvor vazifalar etib belgilandi. “Akademiya, bu – oddiy o‘quv yurti, kadrlar, hattoki, rahbar kadrlar tayyorlaydigan ta’lim maskani bo‘lib qolmasdan, yangicha va mustaqil tafakkur shakllanadigan, o‘zimizda va boshqa mamlakatlarning turdosh ta’lim maskanlarida to‘plangan ilg‘or tajriba o‘rganiladigan, tahlil qilinadigan va tahsil beriladigan markazga aylanishi kerak”, deya alohida qayd etib o‘tdi Prezidentimiz. Mazkur tashrifdan so‘ng ichki ishlar organlari uchun bugungi kun talabiga mos, professional, eng muhimi, Vatanini sevadigan, halol va adolatli kadrlarni tayyorlash, bu borada ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida 2017-2021 yillarda IIV Akademiyasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Bular: professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish; ta’lim jarayonini tashkil etish; o‘qishga kiruvchi nomzodlarni maqsadli tayyorlash; xodimlarning malakasini oshirish va sohaviy xizmatlarning faoliyatini baholash; moddiy-texnika bazani mustahkamlash, yangi innovatsion o‘qish fondini tashkil etish.

071A1601.JPG

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarning muhim huquqiy asosi, ta’bir joiz bo‘lsa, “Yo‘l xaritasi” bo‘ldi. Mazkur qaror bilan ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi sifatida Akademiyada kadrlar salohiyatini oshirishga imkon beradigan sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim tashkil etildi. Eng avvalo, Akademiyaning kunduzgi ta’limida o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartirilib, bitiruvchilarga magistr darajasiga tenglashtirilgan oliy ma’lumot (“yurist” malakasi) hamda “leytenant” maxsus unvoni beriladigan bo‘ldi. O‘quv jarayonida mutaxassislik fanlarini ko‘paytirish maqsadida 2018/19-o‘quv yilidan kunduzgi ta’limda ikkita yangi yo‘nalish –“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati” va “Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash faoliyati” joriy qilindi. Joriy yildan esa “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi bilan mutaxassislik kafedralari soni yana bittaga ko‘paydi. Endilikda ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan shaxslarga – kursant, sirtqi ta’lim shakli hamda Kasbiy tayyorgarlik fakulteti, Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetiga o‘qishga kirgan shaxslarga tinglovchi maqomi beriladigan bo‘ldi.

071A5481.JPG

Ichki ishlar organlari uchun yetuk malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida Sirtqi ta’lim fakulteti joriy etilib, unda o‘qish muddati oliy ma’lumotli xodimlarga uch yil, o‘rta maxsus ma’lumotga ega xodimlar uchun esa to‘rt yil etib belgilandi. 2018/2019-o‘quv yilida mazkur fakultetga ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega, xizmatda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan 542 nafar ichki ishlar ishlar organlari xodimlari qabul qilindi. Fakultetni muvaffaqiyatli bitirganlarga “Jinoyatchilikning oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “yurist” malakasi beriladi.

Akademiyaning Oliy akademik kurslari negizida Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tashkil etildi. Ichki ishlar organlari uchun yuksak kasb mahoratiga ega, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan, ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish va boshqarishga qodir, boshqaruvga doir kasbiy xislatlarga ega, bilimli va yuksak malakali rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan fakultetda o‘qish muddati bir yil bo‘lib, bitiruvchilarga “Ichki ishlar organlaridagi boshqaruv faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “menejment” malakasi beriladi. 2018–2019 yillar mobaynida fakultetni 83 nafar tinglovchi tamomlab, joylardagi ichki ishlar organlariga rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.

071A7922.JPG

Ichki ishlar organlarining serjant va ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlarini tizimli yo‘lga qo‘yish Kasbiy tayyorgarlik fakultetining asosiy faoliyat yo‘nalishi sanaladi. Fakultetda tinglovchilar “Profilaktika faoliyati”, “Yo‘l-patrul faoliyati”, “Migratsiyani va fuqarolikni rasmiylashtirishni ta’minlash faoliyati”, “Patrul-post faoliyati”, “Jazoni ijro etish faoliyati”, “Ma’muriy faoliyatni ta’minlash”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” mutaxassisliklari bo‘yicha besh va olti oylik o‘quv dasturi asosida bilim olib, yakunda “kichik serjant” hamda “leytenant” maxsus unvoniga ega bo‘ladilar. Fakultet tashkil etilgandan hozirgi kunga qadar jami 766 nafar tinglovchi maxsus kasbiy tayyorgarlikdan o‘tganini aytib o‘tish joiz.

IMG_0984.JPG

Yuqoridagi qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari tashkil etilib, 2020/21-o‘quv yilidan Akademiya kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat, idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Jamshid XOLOV,
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
matbuot xizmati xodimi.