Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki dorixonalar GPP va GSP standartlari bo‘yicha sertifikatlandi
16:11 / 2026-01-27

Buxoro viloyatida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tarkibida faoliyat yuritayotgan ichki dorixonalar bosqichma-bosqich GPP va GSP standartlari talablari asosida qayta jihozlanmoqda. Ushbu standartlar dori vositalarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va bemorlarga yetkazib berish jarayonlarini xalqaro me’yorlarga mos holda tashkil etishni nazarda tutadi.

Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ichki dorixonalar zamonaviy sovitish uskunalari, harorat va namlikni avtomatik nazorat qilish tizimlari, maxsus saqlash javonlari hamda videokuzatuv vositalari bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, dori vositalarining sifatini ta’minlash, xavfsizlik va ichki nazorat tizimlari to‘liq joriy etilib, mas’ul xodimlar uchun doimiy o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Bugungi kunga qadar Buxoro viloyatida 20 ga yaqin tibbiyot muassasasi ichki dorixonalari belgilangan talablarga javob berib, GPP va GSP sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkich viloyatda farmatsevtika sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini namoyon etadi.

Eng muhimi, ushbu islohotlar aholini uzluksiz ravishda sifatli, xavfsiz va samarali dori vositalari bilan ta’minlashga, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga hamda sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.