Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki chempionatlar xalqaro maydondagi yutuqlarga xizmat qiladi
16:50 / 2022-10-03

Para velosportning trek poygalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z g‘oliblarini aniqladi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan 80 nafarga yaqin matonat sohibi bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Azimbek Abdullayev, Abror Ibraimov, Avazxon Polvonov, Abror Ortiqov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Boymurod Yovqochev, Zafar Norqulov, Muhammadali Jolimbetov, Bunyod Hayitmuhammadov, Abdulaziz Yoshboyev singari irodali sportchilar sovrindorlar qatoridan joy oldi, deya xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqa yakunida Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi mutasaddilari g‘olib va sovrindorlarni medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA