Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki bozorga 2,25 milliard so‘mlik oyna yetkazildi
10:41 / 2025-08-14

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida 2024 yilda xitoylik investor tomonidan 5 million AQSH dollarilik sarmoya asosida “EURO GLASS” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Korxonada 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kuniga 500 m² oyna ishlab chiqarilmoqda.

[gallery-24749]

O‘tgan yil davomida 2 milliard 255 million so‘mlik mahsulot mahalliy xaridorlarga sotildi.

Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va kelgusi loyihalari bilan tanishdi. Suhbat davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar masalasi ham ko‘tarilib, uni bartaraf etish choralari belgilandi. Korxona rahbari faoliyatni kengaytirish va eksport yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish niyati borligini bildirib, bu borada zaruriy tavsiyalar oldi.

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar