FOTOREPORTAJ
Bugungi kunda mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish va ularni tashqi bozorga olib chiqishga davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, tikuv-trikotaj sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va eksport salohiyatini kengaytirish muhim yo‘nalishlardan.
Namangan shahridagi “Asl_textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati erkaklar ustki kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 40 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan. Korxona mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
[gallery-26993]
Korxona kelgusida tashqi bozorga chiqish, eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yiliga 1 million AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA