French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ICHKI AUDIT NAZORATI: 80 ta holatda xato va kamchiliklar aniqlandi
14:55 / 2022-06-07

Prezidentimizning 2020 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatida Ichki audit xizmati tashkil etilgan.  

Vazirlik Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Ichki audit xizmati to‘g‘risida nizom, xodimlar lavozim yo‘riqnomasi va Ichki audit xizmatining 2021 yil va 2022 yil uchun ish rejasi tasdiqlangan. 

Ichki audit xizmati tomonidan 2021 yilgi ish rejaga asosan vazirlikning tizim tashkilotlarida audit tadbirlari tashkil etildi. Audit tadbirlari natijasida 25 ta holatda 378  ming 311,5 so‘m miqdorida  xato va kamchilik aniqlangan. Jumladan, bu xodimlarni oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobidan 7 ta holatda 59 310,1 ming so‘m, xodimlarga ish haqi hisobidan to‘lanadigan soliq va to‘lovlar kam hisoblanganligi sababli 2 ta holatda 21 064,6 ming so‘m, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan debitorlik qarzdorliklarni o‘z vaqtida so‘ndirilmaganligi sababli 16 ta holatda 297 936,8 ming so‘mni tashkil etdi. 

Tovar-moddiy zaxiralari bo‘yicha hisobotlarni noto‘g‘ri shakllantirilishi natijasida 5 261,2 ming so‘m miqdorida  xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. 

Ichki audit xizmatining 2022 yilning  birinchi choragida audit tadbirlari vazirlikning hududiy bosh boshqarmalarida o‘tkazilgan bo‘lib, audit tadbirlari natijasida 80 ta holatda 223  ming 913,1 so‘m miqdorida xato va kamchilik aniqlangan. Bu asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda 7 ta holatda 150 603,1 ming so‘m, xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobidan 56 ta holatda 25 257,0 ming so‘m, tovar va xizmatlarni hisobini yuritishda 5 ta holatda 46 942,9 ming so‘m, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni o‘z vaqtida so‘ndirilmaganligi sababli 12 ta holatda 1 110,0 ming so‘mni  ko‘rsatdi. 

Ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga mehnat qonunchiligiga asosan choralar ko‘rilgan. 

O‘zA