Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvidan tejab foydalanish – hammaning ishi
11:55 / 2026-03-02

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan 2025-yilning 11-avgust sanasida qabul qilingan “Mahallalarda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid qonunbuzilishlarning oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash hamda vakolatli organlarga xabar berish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida ham keng ko‘lamli amaliy ishlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, viloyat hududidagi 40 dan ortiq mahallalarda aholi o‘rtasida ichimlik suvidan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan keng qamrovli tushuntirish tadbirlari o‘tkazilayotir.

Tadbirlar davomida aholiga ichimlik suvining hayot uchun beqiyos ahamiyati, uni tejash va asrashning zarurligi haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Ushbu bebaho ne’matdan tejamkorlik bilan foydalanish har bir fuqaroning fuqarolik burchi hisoblanadi.

–Uchrashuvlar davomida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisoblagichsiz foydalanish, suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish holatlari qonunchilikka zid ekani alohida ta’kidlandi, –deydi Inspeksiyaning Ichimlik suvini ishlab chiqarish va yetkazib berishning texnologik talablariga rioya etilishini nazorat qilish shu’basi bosh mutaxassisi Sanjar Ravshanov. – Ichimlik suvidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi, belgilangan tartibda jarima choralari qo‘llanilishi mumkinligi haqida aholiga tushuntirildi. Shuningdek, fuqarolarga xonadonlarda suv tejovchi moslamalardan foydalanish, nosoz quvurlarni o‘z vaqtida ta’mirlash, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Zero, har bir fuqaro suvdan oqilona foydalansa, bu nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar uchun ham sog‘lom, barqaror va xavfsiz hayot muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri