Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvi va oqova tizimi yaxshilanmoqda
19:10 / 2022-10-07

Buxoro viloyatida “O‘zsuvta’minot” AJ va tegishli davlat idoralari hamkorligida aholining taklif va murojaatlari asosida ichimlik suv va oqova tizimlarini qurish va ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro viloyati Peshku tumani “Shavg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud markaziy ichimlik suv tarmoqlaridan xonadonlarga jami 4,2 kilometr yangi tarmoq tortish ishlari belgilangan. Hozirga qadar Shavg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini, Shavg‘on aholi punktida umumiy 219 metr transheya qazilib, 31 ta xonadonga diametri 25 va 20 mmli quvurlar montaj qilinib yotqizildi.

Umumiy qilib aytganda mazkur ishlar yakunlanganidan so‘ng Shavg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida 537 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilanishi rejalashtirilgan.

[gallery-9065]

– Mana nihoyat kutilgan damlar, mahalla aholisi xursand va minnatdor, – deydi “Shavg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xanifa Gadoyeva. – Endi mahallamiz uzoqlardan toza ichimlik suv tashib kelish mashaqqati bo‘lmaydi. Biz bundan albatta mamnunmiz.

“Buxoro suv ta’minoti” MCHJ axborot xizmatining xabariga ko‘ra, bundan tashqari, bu kabi salmoqli ishlar viloyatning 7 ta tumanidagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inining aholi punktlarida jami 97,2 kilometr yangi quvurlar tortish, 4,7 kilometr quvurlarni rekonstruksiya qilish, 1 ta nasos o‘rnatish va 4 ta yangi burg‘u qudug‘i qazish orqali 1779 ta xonadonni ichimlik suv ta’minoti yaxshilanishi, 4160 ta xonadon esa ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Buxoro shahri va Romitan tumanlarida 2,3 kilometr oqova quvurlarni qurish orqali jami 262 ta xonadonning oqova suv xizmatini yaxshilash, Kogon shahrida 10 ga yaqin ko‘p-qavatli uylarning oqova suv tizimini markazlashgan oqova tarmog‘iga ulash, Qorovulbozor tumanida 7 kilometr yangi oqova suv tarmog‘ini qurib, Buxoro NQIZ oqova suv tozalash inshootiga ulash maqsad qilingan.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA.