Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvi uchun ajratilgan byudjet mablag‘i talon-toroj qilindi
16:57 / 2021-03-11

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 722 million so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ rahbarlari aniqlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “S.» hamda «Ye» MCHJlar tomonidan «Suvoqova» DUK Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali “S.» MCHJ tomonidan 489 million so‘m, «Ye» MCHJ tomonidan 233 million so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “S.» va «Ye» MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.