English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvi uchun 3,9 milliard so‘m qarzdorlik undirildi
17:05 / 2025-12-12

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan suv ta’minoti korxonasi foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan ichimlik suvidan qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq jami 4993 ta ijro hujjati kelib tushgan. Olib borilgan ijro harakatlari va tadbirlar davomida 3,9 milliard so‘m qarzdorlik undirildi. 

Shuningdek, qarzdorlarning nomida bo‘lgan 215 million so‘mlik mol-mulklar belgilangan tartibda xatlanib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. 143 ta ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik undiruvi fuqarolarning ish haqlariga qaratilgan.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri