FOTOREPORTAJ
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan “Namangan shahrining ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Namangan suv ta’minoti” AJning Yangi Namangan tumanidagi “Paxtaliko‘l suv uzatish” inshootida zamonaviy energiya tejamkor nasos agregatlari o‘rnatilmoqda.
[gallery-24747]
Jarayonda pudratchi “SUEC” LTD tomonidan 5 ta yangi dvigatel joylashtirilib, inshoot binosi rekonstruksiya qilinayotir.
Hozirgacha barcha yoritish tizimi energiya tejamkor lampalarga almashtirilib, harakat sensorlari o‘rnatildi. Bu ishlar natijasida inshootda oyiga o‘rtacha 120-140 ming kVt elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. Loyiha to‘liq yakunlangach, Yangi Namangan tumani aholisi uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar