Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvi hisoblagichlarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari kim tomonidan qoplanadi? – Rasmiy munosabat bildirildi
10:16 / 2023-02-02

Shu kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan ichimlik suvi hisoblagichlarida nosozlik aniqlanganda ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kim tomonidan qoplanishiga oid tartib noto‘g‘ri talqin qilinayotgani kuzatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.  

“Suv ta’minoti tashkilotlari suv hisoblagichini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin iste’molchini suv hisoblagichni davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Suv hisoblagichni davriy tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida suv hisoblagichda nosozlik aniqlanganida hisoblagichni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish ta’minotchi korxona hisobidan amalga oshiriladi.  

Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, aholi iste’molchilari uchun shu muddatdan keyin qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarini yangisiga almashtirish suv ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.  

Yuqorida nazarda tutilmagan boshqa holatlarda suv hisoblagichni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar iste’molchi tomonidan qoplanadi” deyiladi “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati axborotida.  

 

O‘zA