Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanning ko‘plab hududlarida davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. “Ko‘l Elash” mahallasining Do‘stlik ko‘chasida joylashgan 300 ga yaqin xonadonda toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq qiyinchilik va muammolar mavjud edi. Prezidentimiz qarori asosida bugun mazkur muammoni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mahallada 150 metrdan ziyod chuqurlikdagi ichimlik suv qudug‘i qazildi, 650 metrga yaqin tarmoq tortildi. Suv inshootini ishga tushirish uchun alohida transformator punkti ham o‘rnatildi. Amaliy ishlar doirasida suv minorasi ham o‘rnatilishi belgilangan. Mazkur ishlar natijasida mahalladagi 300 ga yaqin xonadonning toza ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.
Nilufar Bozorova,
O‘zA