Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suv ta’minoti: aholi qulay sharoitda yashashi kerak
09:21 / 2022-09-12

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tegishli qarorlar qabul qilinib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina Sirdaryo viloyatida bugungi kunda aholini ichimlik suv bilan ta’minlash darajasi 83,5 foizga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Boyovut tumani “Bunyodkor”, “Bekat”, “Yangiobod”, “Yangi bo‘ston” va “Anorzor” mahallalari aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 8 dona suv inshooti barpo etish, 42,0 km ichimlik suv tarmog‘i tortish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida 16 576,3 million so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.

“Sirdaryo suv ta’minot” MCHJda aholini ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli bajarilishi va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, 2022 yilning 1-yarim yilligida loyiha doirasida ushbu tumanining “Bunyodkor” mahallasida 7,8 km, “Bekat”da 5,3 km, “Yangiobod”da 2,3 km, “Yangi bo‘ston”da 3,2 km va “Anorzor”da 4,5 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati bo‘yicha “Obod qishloq” va ”Obod mahalla” dasturi doirasida 20 ta ob’ekt uchun 25,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu mablag‘ evaziga 30 ta suv inshooti va 143,3 km suv tarmoqlari tortiladi va rekonsturuksya qilinadi. Hozirgi kunda bu masalada loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, pudratchi firmalar tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan.

“Sirdaryo suv ta’minoti” MCHJ o‘z mablag‘lari hisobidan tuman va shahar bo‘limlari tasarrufidagi ichimlik suv inshootlari va tarmoqlarini joriy va mukammal ta’mirlash, aholiga uzluksiz toza ichimlik suv yetkazib berish maqsadida jami 69 dona suv nasosi o‘rnatildi va 7,092 km ichimlik suv tarmog‘i yotqizildi.

Shu yilning III choragida Investitsiya dasturi doirasida “Yangiobod” va “Yangi bo‘ston” mahallalarida ishlar tugallanib, ichimlik suv inshootlari, tarmoqlar to‘liq quvvatda ishga tushadi. Natijada 1614 nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlansa, 2102 nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

Matbuot anjumanida viloyatning “Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasi ijrosi yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA