“ICF World Ranking” turnirida sportchilarimiz muvaffaqiyatga erishdi
Tailandning Pattaya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan “ICF World Ranking” xalqaro reyting turniri, shuningdek, U18, U23 yosh toifasidagi qit’a chempionati bahslarida mamlakatimiz vakillari 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yilning ilk nufuzli musobaqasida ishtirok etgan mahoratli sportchilarimiz Samandar Saydullayev, Ibrohim Nosirjonov, Sherzod Qurbonaliyev, Asilbek Ernazarov, Mustafo Matiboyev, Daniyor Islomov klassik slalom, short slalom, yakkalik hamda jamoaviy yo‘nalishda bahs olib borishdi.

Qit’aning eng kuchli sportchilari va jamoalari bilan o‘tkazilgan musobaqalar yakunida hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush hamda 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA