Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ICAPP delegatsiyasi bilan uchrashuv
14:31 / 2025-08-18

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasida Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) delegatsiyasi va Koreya parlamenti a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, shuningdek, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ham ishtirok etdi.

Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, partiyalararo hamkorlikni kengaytirish hamda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi. Xususan, mamlakatda bozor mexanizmlarini joriy etish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat boshqaruvini zamonaviylashtirish borasidagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda O'zLiDeP faoliyati, uning asosiy dasturiy maqsad va vazifalari — barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiya va texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda samarali ijtimoiy siyosat yuritish kabi ustuvor yo‘nalishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Takidlash joizki, ICAPP faoliyati tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi. U siyosiy partiyalar o‘rtasida tajriba va g‘oya almashish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan muhim platformalardan biri hisoblanadi.

Uchrashuv yakunida O'zLiDeP kelgusida ham ICAPP tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini va tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA