Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi topshirildi
19:33 / 2017-12-18

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda bo‘lib, qisqa fursatda yangidan bunyod etilgan ushbu bilim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yosh iste’dodlar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda bo‘lib, qisqa fursatda yangidan bunyod etilgan ushbu bilim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yosh iste’dodlar bilan suhbatlashdi.

7.jpg

Uch qavatli zamonaviy maktab binosi oldidagi Ibroyim Yusupov haykali o‘rnatilgan joy ijodkorlar, yoshlar uchun yana bir xiyobonga aylangan. Maktab qoshida kitoblarni tarjima qilish va chop etish markazi ham tashkil etilgan.

6.jpg

Maktab o‘quvchilariga Samarqandda ishlab chiqarilgan “Isuzu” avtobusi sovg‘a qilindi.

Kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov yangi avtobus kalitini maktab jamoasiga tantanali ravishda topshirdi.

4.jpg

– Prezidentimiz bilan uchrashuv bizda juda katta taassurot qoldirdi, – deydi maktab o‘quvchisi Berdibek Aytmuratov. – Davlatimiz rahbariga o‘zimning Ibroyim Yusupov xotirasiga bag‘ishlab yozgan she’rimni o‘qib berdim. Qanday bo‘larkin, degan hadik bor edi, yo‘q, ma’qul keldi. Meni maqtadi. Hozir men dunyodagi eng baxtli o‘quvchiman. Bunday baxtga musharraf qilgan Prezidentimizdan minnatdorman. Shunday yurt farzandi ekanimdan faxrlanaman.

Prezident sovg‘asini olgan o‘quvchilar shu kuni Nukus shahri bo‘ylab avtobusda sayr qildi.