French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibrohim Traore: Saylov men uchun ustuvor emas
11:23 / 2023-09-30

Burkina-Fasoning o‘tish davri rahbari Ibrohim Traore davlat televideniyesi orqali chiqish qilib, saylov o‘tkazish uning uchun ustuvor masala emasligini ta’kidladi.

“Ustuvor masala xavfsizlik hisoblanadi”, - deya ta’kidlagan u.

Traore qo‘shimcha qilishicha, saylov o‘tkazish uchun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik ta’minlanishi kerak.

U mamlakat konstitutsiyasini qisman o‘zgartirish rejasi borligini ham ma’lum qilgan.

2022 yil sentyabrda Burkina-Fasoda kapitan Ibrohim Traore rahbarligidagi bir guruh harbiylar o‘tish davri hukumati rahbari podpolkovnik Pol-Anri Sandaogo Damiba hokimiyatdan chetlatilgani, konstitutsiya harakati to‘xtatilgani va hukumat tarqatib yuborilganini e’lon qilgan edi.