English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibrohim Abdurahmonov: “bugungi intilishlar natija ko‘rsatishi kerak”
13:58 / 2022-07-20

Eron Islom Respublikasi vitse-prezidenti Sorena Sattoriyning mamlakatimizga amaliy tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston-Eron fan va innovatsiya forumi” o‘z ishini boshladi.

Mazkur forum doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligida “O‘zbekiston va Eron innovatsion kompaniyalari va startaplari mahsulotlari” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda ikki mamlakat korxona va tashkilotlarining innovatsion ishlanma hamda mahsulotlari namoyish etilmoqda. 

Mazkur tadbirda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘z fikrlarini bildirdi. 

– Sun’iy intellekt, raqamlashtirish kabi sohalarda prognoz qilish biroz mushkul. Buni ayniqsa pandemiya davrida ko‘rdik. Avval bitta vaksina yaratishga 10 yillab vaqt ketgan bo‘lsa, pandemiya davrida hatto 2 oyda vaksinalar yaratildi. Innovatsiyalar uchun energiya muhim. Energiyaning mustaqilligi, energiyani tarqatish bo‘yicha oldimizda katta vazifa turibdi. Bu eng katta vazifalardan bo‘lib, ayniqsa muqobil energetikani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.  

Hozir raqamlashtirish rivojlanyapti va buning bir xavfi bor. Hamma narsa raqamlashtirilsa, insonlar nima qiladi? Ishchi o‘rinlarimizni yo‘qotamizmi? Texnologiyalarning etikasi yo‘q. Hayotga texnologiyalar kirib boraverar ekan, ularning chegarasi qayerda? Kelajakda bu savollar paydo bo‘ladi. Endilikda kompyuter qilolmaydigan ishchi o‘rinlarni yaratishimiz kerak. Bu borada hozir tadqiqotlarni amalga oshirishimiz kerak.  

Innovatsion rivojlanish strategiyasida bunga alohida urg‘u qaratganmiz. O‘zbekiston va Eron o‘rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng ko‘lamda rivojlanib bormoqda. Eronda o‘z milliy madaniy yo‘nalishlari bor va mutaxassislar bunga siyosat darajasida urg‘u berilishini alohida aytib o‘tdi. 

bugungi forum doirasida Eron Islom Respublikasining vitse-prezidenti S.Sattoriy bilan birgalikda qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish borasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, izlanish ishlari va venchur tashabbuslarini moliyalashtirishga xususiy sektorni jalb qilish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan muhokamalar o‘tkazamiz.  

Bio va nanotexnologiyalar, IT, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, hamkorlarni jalb qilish, ilmiy tashkilotlardan takliflar olish bo‘yicha fikr almashiladi. bugungi intilishlar, albatta kelgusida natijaga ko‘rsatishi kerak, – dedi innovatsion rivojlanish vaziri. 



Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA