Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ibratli sudya” mukofotining farg‘onalik sovrindori taqdirlandi
13:26 / 2023-01-10

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ibratli sudya” mukofoti joriy etilib, Sudyalar oliy kengashi tomonidan “Sudyalar faoliyatini baholash bo‘yicha elektron reyting tizimi" yaratilgan. Unga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan sudyalar yil yakunida “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlanishi ko‘rsatilgan. O‘tgan yili mukofotga nomzodlarni saralash natijalaridan kelib chiqib, respublikamiz sud tizimida faoliyat yuritayotgan 16 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlangan edi. Joriy yil boshida 20 nafar sudya bu sharafga loyiq ko‘rildi.  

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirni boshqargan Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov sudyalar faoliyatini baholash bo‘yicha elektron reyting tizimi kutilgan natijani berayotgani, sudyalar faoliyati shaffof va odilona baholanayotganini ta’kidladi.  

[gallery-10220]

Bu yilgi g‘oliblar ham yuqori reyting ko‘rsatkichlari asosida tanlab olindi.  

Sudyalar oliy kengashi tomonidan onlayn shaklda o‘tkazilgan marosimda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan sudyalar tantanali ravishda taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudi raisi Rustam Zaripov ham bor.  

Ta’kidlash joiz, reyting professionalizm, odob-axloq qoidalariga rioya etish, murojaatlar bilan ishlash, bilim darajasi, qabul qilingan sud qarorlarining sifati kabi mezonlar asosidagi to‘plangan ballar hisobidan shakllantiriladi. Shu ma’noda Rustam Zaripovning ushbu mukofotga haqli ravishda loyiq ekanligini uning ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘ldi.

Mukofotni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda Sudyalar oliy kengashi ham, Farg‘ona viloyat sudi raisi va hamkasblari ham Rustam Zaripovning ibratli faoliyatini alohida e’tirof etdi.

 

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA