O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Ibratli oila” nomli videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, uni oilaviy muhitda keng qo‘llash, farzandlar qalbida ona tiliga muhabbat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va zamonaviy oila timsoliga e’tibor qaratish tanlovning muhim vazifalaridan biri bo‘ldi.
[gallery-25832]
Tanlovda Kadastr agentligi tizimiga kiruvchi barcha hududiy va tarkibiy tashkilotlar faol ishtirok etdi. Jami 23 ta videorolik taqdim etilib, ularning har biri o‘zbek tilining go‘zalligi, oilaviy birlik, mehr-oqibat va milliy qadriyatlar uyg‘unligini yoritishga qaratildi.
Baholash jarayonida videoroliklarning g‘oyaviy mazmuni, ijodiy yondashuvi, badiiy ifodasi, texnik sifati hamda tarbiyaviy ahamiyati kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi. Natijada eng yaxshi 6 ta rolik final bosqichiga yo‘l oldi.
Final bosqichida birinchi o‘rin Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi xodimi Malohat Aralovaga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Kadastr agentligi xodimi Aminov Mirzoulug‘bek, uchinchi o‘rinni esa Respublika aerogeodeziya markazi xodimi Darya Nejinskaya ko‘lga kiritdi.
Shuningdek, alohida nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari namoyish etildi.
Shahnoza Mamaturopova,
Nosir Haydarov (surat), O‘zA