Ibragimov Akobir Ismoilovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv» mavzusida
Ibragimov Akobir Ismoilovichning 14.00.28 – «Neyroxirurgiya» ixtisosligi bo‘yicha «Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 4 iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100142, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xumoyun mavzesi 40-uy. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Tel.: (99871) 264-96-22
e-mail: Ibrakis@mail.ru