«Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislash usullarini takomillashtirish va davolash samaradorligini baholash mezonlarini yaratish» mavzusida
Ibodullayeva Dildora Choriqul qizining 14.00.08 – «Oftalmologiya» ixtisosligi bo‘yicha «Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislash usullarini takomillashtirish va davolash samaradorligini baholash mezonlarini yaratish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01 raqamli ilmiy kengashning 2026-yil 11-mart kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100173, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 14-uy. Toshkent davlat yuridik universiteti. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (+99871) 217-49-34
e-mail: eyecenter@inbox.ru